Guliston tuman kasb-hunar maktabida bitiruvchi yoshlar bilan “Hokim va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimi va mutassadi tashkilot raxbarlari kasb-hunar maktabi bilan yaqindan tanishish maqsadida, nazariy va o’quv amaliyot dars jarayonlari hamda moddiy texnika bazalari bilan yaqindan tanishishdi. So’ng yig’ilishda bitiruvchilar tomonidan tadbirkorlik faoliyatlarini va kelajakda o’zini-o’zi bandligi ta’minlash bo’yicha imtiyozli kreditlar, tikuv mashinalari va jihozlari, tomorqa buyumlarini olishda subsidiyalar ajratishda amaliy yordam berishi yuzasidan savol-javoblar berildi. Ushbu yig’ilishda Guliston tuman hokimi S.Begimqulov, Yoshlar agnetligi tuman bo’limi rahbari F.Haydarov, Bandlikka ko’maklashishi markazi rahbari F.Aslbekov va tijorat bank vakillalari ishtirok etishdilar.