«Kasb va yoshlar» ochiq muloqoti

Guliston tuman kasb-hunar maktabida 2024-yil 15-may kuni 2024-2025 o’quv yiliga umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish maqsadida qo’shni Sayxunobod tuman maktab va maktabgacha taʼlim bo’limiga qarashli 28-sonli umumta’lim maktabiga kasb-hunar maktabining kasbga yo’naltirish targ’ibot guruhi bilan hamkorlikda «Kasb va yoshlar» ochiq muloqotini, targʻibot va tashviqot tadbirlari oʻtkazildi. Ushbu kasbga yo’naltirish targ’ibot guruxi tomonidan jami 38-nafar 9-sinf bitiruvchilaridan kasb-hunar maktabida o’qish istagini bildirgan 14 nafar o’quvchilardan arizalar olindi.
Tadbirda kasb-hunar maktabining amaliyotchi psixologi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari faol ishtiok etishdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.