“Sizga oq yo‘l aziz bitiruvchilar”

Guliston tuman kasb-hunar maktabida  3-iyul 2024-yil “Sizga oq yo‘l aziz bitiruvchilar” mavzusida 250 nafar bitiruvchi bosqich o‘quvchilarga professional ta’lim muassasasi tugatganligi to‘g‘risidagi diplomlarni taqdim etish tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda “Guliston hayoti” ro‘znomasi bosh muxarriri B.Norjigitova, Guliston tumani A.Yassaviy mfy raisi E.Axmedov, Guliston tuman “Alina” tekistil tikuv korxonasi raxbari G.Nodirova ota-onalar ishtirok etishdilar.
Shuningdek, kasb-hunar maktabini 2023-2024 o‘quv yilida 9-ta ixtisosliklar bo‘yicha jami 250 nafar bitiruvchilar tomomlab, shundan 21 nafari imtiyozli diplomlar olishdi.
Tadbir so‘ngida mexmonlar, ota-onalar va iqtidorli o‘quvchilar ustozlarga o‘zlarining ijobiy tilaklarini bldirishdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.