Fasllar kelinchagi bahor faslini qizlar chehrasi, kelinchaklar ibosiga o’xshatishi bejiz emas. Fasl boshida nishonlanadigan Xotin-qizlar bayrami esa bu o’xshatishlarni yanada chiroyli tashbehlarga boyitadi.
Xususan, 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan Guliston tuman kasb-hunar maktabida o’quvchi-qizlar o’rtasida «Orasta qizlar» ko’rik tanlovi o’tkazildi.
Ushbu ko’rik tanlovni kasb-hunar maktabining Xotin-qizlar kengashi raisi M.Asrorova barcha ustozlar, opa-singillar, dilbar qizlarimizni ezgulik va nafosat ayyomi 8 Mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan maktabimiz faollari, keng jamoatchilik nomidan muborakbod etdi.
Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan o’quvchi-qizlar va tashkilotchi ustozlariga 1-2-3-darajali diplomlar va qimmatbaho estalik sovg’alari taqdim etildi.




