O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099 sonli Farmoni asosida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi buyrug’iga asosan 22-23 aprel kunlari Sirdaryo viloyati professional ta’lim muassasalari boshqaruv hamda pedagog xodimlari o‘rtasida 9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sportning mini futbol turi bo‘yicha “Xotira turniri” musobaqasining 1-hududiy bosqichi bo’lib o‘tdi. Bu musabaqada bizning Guliston tuman kasb-hunar maktabi pedagog xodimlaridan tashkil topgan jamoasi 1-o’rinni egallab 2-viloyat bosqichiga yo’llanma oldi.
