Sirdaryo viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 10.01.2024-yildagi 2- sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 30.04.2024-yil Guliston tuman kasb-hunar maktabida 2024-2025-o’quv yilining qabuli uchun “OCHIQ ESHIKLAR” kuni tashkil etildi. “OCHIQ ESHIKLAR” kuniga Guliston tumanidagi 32 ta umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tashrif buyurib, kasb -hunar maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va o’zlari qiziqgan kasblar bo’yicha o’qish istaklarini bildirishdilar.
